logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arteta: "So'nggi soniyagacha kurashishimizga to'g'ri keldi"

 19 OKTYABR, 2026, 12:00

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasining 7-turida "Nottingem Forest" ustidan qozonilgan g'alabaga munosabat bildirdi.

Londonliklar safarda kechgan uchrashuvda raqibini 1:0 hisobida mag'lub etib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi.

Artetaning ta'kidlashicha, jamoasi g'alaba uchun so'nggi soniyalargacha kurashishiga to'g'ri kelgan.

"Oldingi o'yinda g'alaba qozona olmagandik, ammo bu safar maqsadimizga erishdik.

Biz so'nggi soniyagacha kurashdik. Raqib yaxshi tayyorlangan jamoa, uning himoyasini yorib o'tish oson emas.

Tavakkal qilishimizga to'g'ri keldi, chunki raqib juda xavfli edi. Shuningdek, hissiy bosimni ham engib o'tishimiz kerak edi.

Futbolchilarimiz butun uchrashuv davomida diqqatni yo'qotishmadi. Zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar esa bahsning borishiga katta ta'sir ko'rsatishdi", — deya Artetaning so'zlarini keltiradi BBC.

Qayd etish joiz, "Arsenal" ettita turdan so'ng 18 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Londonliklar peshqadam "Manchester Siti"dan uch ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ