«Brayton» Angliya chempionatida hujumkor o'yini bilan hayratga solmoqda
18 OKTYABR, 2026, 23:36
«Brayton» barcha musobaqalar doirasidagi g'alabali seriyasini ketma-ket oltita uchrashuvga etkazdi.
Fabian Xyurtseler boshchiligidagi jamoa Angliya Premer-ligasining 7-turida «Kristal Pelas»ni 5:0 hisobida tor-mor etdi.
E'tiborlisi, «Brayton» futbolchilari uchrashuvning dastlabki o'n daqiqasidayoq raqib darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
Ushbu gollardan biri Diego Gomes hisobiga yozildi. Paragvaylik yarim himoyachi 51 metr masofadan ajoyib zarba yo'llab, raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Bu 2017 yildan buyon Angliya Premer-ligasida eng uzoq masofadan kiritilgan gol bo'ldi.
Shu tariqa, «Brayton» barcha musobaqalarda ketma-ket oltinchi, Angliya chempionatida esa ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Qizig'i, mazkur oltita g'alabali uchrashuvda «Brayton» raqiblar darvozasiga jami 22 ta gol urdi va o'z darvozasidan atigi ikkita to'p o'tkazib yubordi.
Xyurtseler shogirdlari Angliya Premer-ligasining dastlabki ettita turida 16 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
