logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» 80 million evro tovon puli belgilangan yarim himoyachini sotib olishi mumkin

 18 OKTYABR, 2026, 16:54

Germaniya terma jamoasi va Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya Premer-ligasining top-klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning akkauntidagi ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi «Liverpul» uchun zaxira variant sifatida ko'rilmoqda. Bu «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott transferini amalga oshirishning imkoni bo'lmagan taqdirda yuz berishi mumkin.

Ta'kidlash joizki, Nmechaning «arilar» bilan amaldagi shartnomasida 80 million evro miqdorida tovon puli belgilangan. Ushbu band iyun oyining oxirigacha amal qiladi.

Feliks joriy mavsumda Bundesligada oltita uchrashuv o'tkazib, ikkita gol urdi. Uning shartnomasi 2030 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ