logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Galatasaroy» Brunu Fernandesh uchun Leroy Saneni qurbon qilishga tayyor

 18 OKTYABR, 2026, 16:48

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Portugaliyalik yarim himoyachining shartnomasi bilan bog'liq noaniqliklar fonida Turkiyaning «Galatasaroy» klubi uni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

The Peoples Person nashrining Turkiyaning Fanatik gazetasiga tayanib xabar berishicha, Fernandesh «Manchester Yunayted»ning hozirgi rivojlanish yo'nalishidan norozi. Futbolchi klub rahbariyati jamoaning kelajagi borasida aniqroq reja va maqsadlarni taqdim etishi kerak, deb hisoblamoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik yarim himoyachi «Manchester Yunayted»ning yangi shartnoma bo'yicha taklifini rad etgan va yanvar oyida klubni tark etish istagini bildirgan.

O'z navbatida, «Galatasaroy» Brunu Fernandeshni o'z safiga qo'shib olish uchun tarkibda o'zgarishlar qilishga tayyor.

Xabar qilinishicha, Istanbul klubi portugaliyalik futbolchiga joy bo'shatish maqsadida germaniyalik qanot hujumchisi Leroy Sanening ketishiga rozi bo'lishi mumkin.

Biroq Fernandeshning kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

The Peoples Person nashri futbolchining «Manchester Yunayted»dan ketishi haqidagi xabarlar hozircha taxminlarga asoslanganini ta'kidlagan.

Bundan tashqari, avvalgi ma'lumotlarda Fernandesh va mankunianliklar o'rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralar hamon davom etayotgani aytilgan.

Shu sababli 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachining qishki transferlar oynasida «Galatasaroy»ga o'tishi hozircha tasdiqlanmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ