Xoland faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekanini hal qildi
16 OKTYABR, 2026, 17:24
Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland «Manchester Siti»ni tark etishga qaror qildi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Futbolchi klub endi Chempionlar ligasida g'alaba uchun kurashishga qodir emasligidan xavotirda. Xoland uchun faoliyatini davom ettirishning eng maqbul varianti — «Barselona».
Hujumchi 2022 yilning yozida «Manchester Siti»ga o'tgan edi. Angliya klubi futbolchini Dortmundning «Borussiya» klubidan sotib olgan.
Erling Xoland «Manchester Siti» safida jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o'yinlarda hujumchi 172 ta gol urgan va 30 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
