logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:47
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qilichbozlik. Zaynab Dayibekova Jahon kubogi medali uchun jang olib boradi

 15 YANVAR, 14:35

Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha Jahon kubogi turniri boshlandi. Ayollar dasturida hamyurtimiz Zaynab Dayibekova (22, reytingdagi o'rni) medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Yuqori reytingi sabab qoraqalpog'istonlik hamyurtimiz 1/64 final bosqichidan bahslarga qo'shilmoqda. Afsuski, start olgan barcha yosh vakillarimiz saralashda imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 1/32 finalga yo'l olish uchun Dayibekova frantsiyalik Amaliya Emini (43) mag'lubiyatga uchratishi kerak.

Zaynab ushbu raqib to'sig'idan o'ta olsa, yaponiyalik Norika Tamura (11) hamda italiyalik Eliza Passaro (54) bahsi g'olibi bilan to'qnash keladi. Bo'lajak bahslarda yurtdoshimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR