logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:45
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Gabon terma jamoasi ustozi: "Obameyangda yurak bilan bog'liq muammo mavjud emas"

 15 YANVAR, 12:35

Gabon terma jamoasi bosh murabbiyi Patris Nevyo Obameyang bilan bog'liq xabarlarga izoh berdi. U futbolchi haqida shunday deydi:

"Buni ochiq aytish kerak, Obameyangda yurak bilan bog'liq muammo mavjud emas. U hamda Lemina PTsR test topshirishdi. Natijalar esa biz kutgandek, sal'biy chiqdi. Ular keyin yurak testidan o'tishdi. O'shanda ushbu juftlikda qandaydir muammo borligi aniqlandi. Bu esa virusdan qolgan alomat sifatida qaraladi. Albatta, har qanday xastalik o'zidan iz qoldiradi. 

Ushbu xabarni eshitgan tashkilotchilar va shifokorlar futbolchilarni o'yinga qo'ymaslik kerakligini aytishdi. Men ularni o'yinga tushirmadim. Chunki ular tayyor emas. Men esa o'z futbolchilarimni himoya qilishim kerak. Men bunga mas'ulman. Obameyang o'ynashni istagan edi, biroq vaziyat boshqa narsani taqozo etdi".

Gabon so'nggi o'yinida Gana bilan 1-1 hisobida durang qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR