logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Borussiya D" Xolandning so'zlariga munosabat bildirdi

 15 YANVAR, 10:45

Dortmundning "Borussiya" klubi boshqaruvi raisi Xans-Yoaxim Vattske jamoa hujumchisi Erling Xolandning klub futbolchiga bosim o'tkazayotgani haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.

“Erling yosh yigit, u boshqalardan o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xoland bilan muammomiz yo'q, lekin u bizning pozitsiyamizni tushunishi kerak. Biz uning qarorini may oyining oxirigacha kuta olmaymiz. Erlinga hech qanday bosim o'tkazmaymiz. Hozircha hech qanday muzokaralar yoki uchrashuvlar yo'q, shuning uchun men uning gaplarini tushunmayapman", - deya Vattske so'zlaridan iqtibos keltirgan "Sport1de".

Oldinroq 21 yoshli Xoland dortmundliklar norvegiyalik futbolchidan kelajagi borasida bir qarorga kelishini talab qilishini aytgandi. Futbolchiga Evropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda, jumladan, “Real” va “Barselona”.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR