logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Atletiko" va "Manchester Yunayted" Simone Indzagiga qiziqish bildirishmoqda

 15 YANVAR, 00:35

Ayrim xorij klublari Milanning “Inter” klubi bosh murabbiyi Simone Indzagiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi "Correira Dello Sport".

Manbaga ko'ra, "Atletiko" va "Manchester Yunayted" italiyalik mutaxassis vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqqan.

Qayd etilishicha, ayni paytda “Inter”ning o'zi murabbiyni jamoada olib qolmoqchi va unga 2025 yilgacha maoshini ikki barobar oshirib, yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Simonening hozirgi maoshi yiliga 3 million evroni tashkil qiladi.

Manbaga ko'ra, Indzagining o'zi Italiyadan tashqarida ishlashga qarshi emas va buning uchun u ingliz tilini o'rganishni boshlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR