logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:27
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Boks. Soro - Madrimov jangi natijasi bekor qilinadimi?

 12 YANVAR, 09:00

17 dekabr kuni Toshkentda bo'lib o'tayotgan professional boks kechasi doirasida Isroil Madrimov va Mishel Soro o'rtasidagi jang bo'lib o'tdi. Hamyurtimiz jangning 9-raundida raqibini texnik nokautga uchratib, g'alaba qozongan edi. Ammo mazkur bahsda yuz bergan vaziyat o'sha paytda ham, keyinroq ham e'tirozlarga sabab bo'ldi.

Gap shundaki, 9-raund so'ngida hamyurtimiz faollashdi va raqibni arqonga qisib olib, ketma-ket zarbalar bera boshladi. Bu orada raund yakunlangani haqida chalingan bongni na hakam va na Madrimov eshitdi. Shu bois, Isroil zarbalarning bir nechtasi bongdan so'ng yo'lladi. Referi esa texnik nokaut qayd etilganiga ishora qilib, jangni to'xtatdi.

Shundan so'ng jang tashkilotchilari vaziyatni uzoq vaqt muhokama qilishdi hamda Isroilga berishga qaror qilishdi.

Soroning advokati Devid Berlin WBA tashkilotiga ariza bilan murojaat qilib, Isroil Madrimov bilan jang natijasini o'zgartirishni so'ragan. WBA tashkiloti komissiya a'zolari yaqin kunlar ichida bu holatni yaxshiroq o'rganib chiqishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR