"Real" "Manchester Siti" yulduziga e'tibor qaratdi
18 SENTYABR, 2023, 07:54
Madridning "Real" klubi Angliya chempionatidan top vinger sotib olmoqchi. Todofichajes jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, Angliya va "Manchester Siti"ning 23 yoshli yarim himoyachisi Fil Foden "qirollik" klubining e'tiboriga tushgan.
Ispaniya grandi rahbariyati yaqin vaqt ichida futbolchi borasida muzokaralar olib borishga hozirlik ko'rmoqda. Angliyalik futbolchining transferi 110 million evroga baholanmoqda. Filning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Foden beshta o'yin o'tkazib, uchta gol urdi.