logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:17
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"MYu" "Real" futbolchisi uchun 100 million evro sarflashga tayyor

 18 SENTYABR, 2023, 07:48

"Manchester Yunayted" "Real Madrid"ning etakchi futbolchilaridan birini o'ziga jalb qilmoqchi. Todofichajes xabariga ko'ra, urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde "Manchester Yunayted"ning transferlar ro'yxatida.

Angliya top-klubi boshliqlari yozgi transfer oynasida 25 yoshli futbolchi uchun kurash olib borishni rejalashtirishgan. Federikoning transferi taxminan 100 million evroga baholanmoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Valverde 5 ta o'yinda 1 ta gol urdi. Urugvaylik futbolchi 2018 yilning yozidan buyon "Real"da to'p tepmoqda. Yarim himoyachining Madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR