logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi e'lon qilindi (foto)

 14 SENTYABR, 2023, 22:06

GDC Media kompaniyasi tarixdagi eng yaxshi 100 nafar futbolchi ro'yxatini e'lon qildi.

Reytingning birinchi o'rnini argentinalik Lionel Messi, ikkinchi o'rinni portugaliyalik Krishtianu Ronaldu egalladi. Ulardan keyingi o'ntalikka Pele (Braziliya), Diego Maradona (Argentina), Alfredo Di Stefano (Ispaniya/Argentina), Xavi (Ispaniya), Yoxan Kroyff (Niderlandiya), Ronaldo (Braziliya), Paolo Maldini (Italiya), Frants Bekkenbauer (Germaniya) kirdi.

100talikda SSSR/Rossiyaning faqat bitta vakili bor - Lev Yashin ro'yxatda 28-o'rinni egalladi.

Reyting muxlislar orasida qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi, ko'pchilik bunga qo'shilmadi va hatto bu reytingni masxara qildi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ