logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

«Maguayr o'z futbol kelajagini 7 millionga sotdi»

 13 SENTYABR, 2023, 22:00

Kecha (yana) o'z darvozasiga gol urgan Harri Maguayr haqida terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt fikr bildirdi va bunday holatlar futbolchiga bo'lgan haddan ortiq tanqidlar va haqoratlar sabab bo'layotgani haqida aytdi. Nafaqat raqib, balkim o'z jamoasi muxlislari tomonidan qilinayotgan bosim Maguayrning yangi xatolariga sabab bo'lmoqda ekan.

Qisman murabbiy haq bo'lishi mumkin. Markaziy himoyachi yoki darvozabonlarning ishi og'irroq. Pasayish ro'y bergan hujumchi asta sekin zaxiradan maydonga tushib, foydali harakatlar qiladi, gollar uradi va yana muxlislarning, murabbiyning ishonchini qozona oladi. Himoyachida bunday imkoniyat yo'q, u o'sha unga berilgan oz vaqt ichida o'zini ko'rsatishi emas, muhimi, xato qilmasligi kerak. Xato qilmaslik uchun o'ynash o'zini ko'rsatishga ham halaqit beradi – bu erda himoyachi doimiy mag'lub – xato qilmasang, xo'p, xato qilsang, yana eski chuqurga tushasan.

Ammo bu holatning echimi Harri Maguayrda bor edi-ku? Masalan, “Vest Hem” unga shartnoma taklif qildi, “Yunayted” bilan kelishdi. O'z faoliyatni tiklash, qaytadan ishonchga ega bo'lish uchun ajoyib sharoit – asosan quyi blokda, ya'ni Maguayr baliqdek yayragan “Lester” va Sulsherga o'xshab  himoyada o'ynaydigan jamoa, mos Moyes, standartlar, muhimi, Maguayr u erda o'z tajribasi bilan himoyaning etakchisi bo'lishi mumkin edi. Nafrat ham pasayadi, kulgi ham tinadi, bir yil davomida Maguayr yana ko'zga ko'ringan himoyachi va terma jamoa ishonchiga aylanishi mumkin.

“Manchester Yunayted”da ten Xag uchun Maguayr beshinchi va balkim oltinchi tanlov. Martines, Varan, Lindelof, hatto Shoudan keyin. Birdaniga to'rttalasi jarohat olishi bir marta bo'ldi, boshqa takrorlanmasa kerak, kim biladi, Amrabatning transferidan keyin bunaqa fors-major uchun murabbiy himoyaga Kazemironi ham sinab ko'rsa ajab emas. Maguayr mabodo Liga kubogida quyi liga vakili raqib bo'lib qolmasa, qachon o'zini ko'rsata oladi? Kechagi voqeadan keyin, ikki yil zaxira o'rindig'i uchun Sautgeyt uni terma jamoaga yana chaqiradimi? Chaqirsa, yana o'sha tanqidlar avj olib, bosim oshib ketmaydimi?

Mana sizga futbolchi uchun ikki xil sharoit. Futbol nuqtai nazaridan er bilan osmon. Xo'sh, Maguayr qaysi birini tanladi? Nima deb o'ylaysiz? “Yunayted”da qolishni. Nega? Uning “MYu”da  olayotgan maoshi bilan “Vest Hem” taklif qilayotgan maosh o'rtasida umumiy 7 million funt farq bor ekan. Futbolchi mana shu pulni “MYu”dan talab qildi. Albatta, “MYu” ham qandaydir summa, kamrog'ini taklif qilgandir ham. Boshqacha so'z bilan aytganda, Maguayr o'z futbol kelajagini 7 milliondan kamroq pulga sotdi. Tasavvur qilyapsizmi? Uning jamoada qolib mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatib, asosiy tarkib uchun kurashi haqidagi fikrlari biroz kulgili va ishonarsiz. Ten Xagni yaxshi taniymiz-ku?

Saudiyaga ketgani yaxshiroq edi bundan...

Qahramon Aslanov

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ