logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Niderlandiyalik iqtidor «Real»ga o'tmay qolganining sababini aytdi

 4 SENTYABR, 2026, 09:34

AZ yarim himoyachisi Kes Smit yozda «Real»ning transfer maqsadlaridan biri bo'lgan. Madridliklar niderlandiyalik futbolchining salohiyatini yuqori baholagandi.

Biroq Smit Niderlandiyada qolishga qaror qildi. Uning aytishicha, klubdagilar uni ketmaslikka ko'ndirgan.

«Rostini aytsam, dastlab jamoadan ketaman, degan his bor edi. Ammo keyin murabbiy mening qolishimni juda istashini bildim.

Bu erda o'zimni yaxshi his qilaman, atrofimda do'stlarim va oilam bor. Shuning uchun qoldim.

O'n kun oldin suhbatlashdik va shundan keyin AZ meni boshqa qo'yib yuborishni istamadi.

Men buni ijobiy qabul qildim, chunki bu erda hali ishim tugamaganini his qilyapman.

Dastlab men haqimda yozilayotgan xabarlarni ko'p o'qirdim, keyin esa bunga kamroq e'tibor bera boshladim. Chunki ayrim ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Bunday vaziyatga yaxshi moslasha olaman. Qisqasi, hozir shu erdaman va bundan xursandman», — dedi Smit.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ