Joze Mourino: "Unga rejalarimda yo'qligini aytdim"
3 SENTYABR, 2026, 18:34
"Real" bosh murabbiyi Joze Mourino Dani Sebalosning klubdan ketishi qanday hal bo'lganini aytib berdi. Portugaliyalik mutaxassis bu haqda "Betis"ga qarshi ertangi La Liga o'yini oldidan Valdebebasda o'tkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.
"Biz telefonda uch daqiqa gaplashdik. Men unga rejalarimda yo'qligini aytdim", — dedi Mourino.
Uning so'zlariga ko'ra, Sebalos shartnomasiga tayanib, klubda qolishga urinib ko'rmagan.
"Futbolchilar ko'p hollarda amaldagi shartnomasiga tayanib qolishni xohlaydi. Ammo bu vaziyatda u holatni to'g'ri tushundi va erkin agentga aylanib, kelajagini o'zi belgilashni ma'qul ko'rishini aytdi", — deya ta'kidladi murabbiy.
Shundan so'ng "Real" va futbolchi o'rtasida shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishilgan.
"Biz kelishuvga keldik, shartnomani bekor qildik va Sebalos o'z kelajagi bo'yicha erkin qaror qabul qilish huquqiga ega bo'ldi", — dedi Mourino.
Sebalos keyinchalik o'zi tarbiya topgan "Betis"ga qaytdi.
Manba: stadion.uz
