"Real" yangi futbolchi borasida kelishuvga erishdi
29 AVGUST, 2026, 19:36
«Real» «Rasing» markaziy yarim himoyachisi Serxio Martines transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
19 yoshli futbolchi 3 million evroga xarid qilinadi va Madrid klubi bilan 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Martines «Rasing»ga ijaraga qaytarilmaydi.
Martines joriy mavsumda La Liganing 2 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
