37 yoshli Obameyang La Ligaga qaytishini gol bilan nishonladi (+Video)
18 AVGUST, 2026, 13:34
"Deportivo La-Korunya" hujumchisi Per-Emerik Obameyang yangi jamoasi safidagi debyut uchrashuvidayoq gol urdi.
37 yoshli gabonlik futbolchi La Liganing 1-turida "Elche"ga qarshi bahsning 21-daqiqasida hisobni ochdi. Lorentso Amatuchchining uzatmasini qabul qilgan Obameyang chap oyoqda aniq zarba berib, to'pni darvozaga joyladi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Bu "Deportivo"ning sakkiz yillik tanaffusdan keyin La Ligada urgan birinchi goli bo'ldi. Galisiya klubi o'tgan mavsum Segundada ikkinchi o'rinni egallab, Ispaniya elitasiga qaytgan edi.
Obameyang "Deportivo"ga shu yozda "Marsel"dan kelib qo'shilgan va klub bilan ikki yillik shartnoma tuzgan.
Manba: stadion.uz
