logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Zo'r TV yangi mavsumda 5 ta turnirni namoyish etadi

 16 AVGUST, 2026, 13:30

Zo'r TV telekanali 2026/27 yilgi mavsumda translyatsiya qilinadigan futbol turnirlari ro'yxatini ma'lum qildi. Yangi mavsumda muxlislar telekanal orqali Evropaning bir qator nufuzli musobaqalarini tomosha qilish imkoniga ega bo'ladi.

E'lon qilingan ro'yxatdan UEFA Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi o'rin olgan.

Milliy chempionatlar orasida Ispaniya La Ligasi translyatsiyalari davom ettiriladi. Angliya futboli muxlislari esa FA Cup — Angliya kubogi bahslarini kuzatishi mumkin bo'ladi.

Zo'r TV translyatsiya qiladigan turnirlar:

UEFA Chempionlar ligasi UEFA Evropa ligasi UEFA Konferentsiyalar ligasi Ispaniya La Ligasi Angliya kubogi (FA Cup)

Uchrashuvlarni Zo'r TV telekanali bilan birga ZO'RPLAY platformasi orqali ham jonli efirda kuzatish mumkin bo'ladi. Hozircha telekanalning 2026/27 yilgi mavsum uchun e'lon qilgan ro'yxatida Angliya Premer-ligasi va Italiya A Seriyasi yo'q.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ