«PSJ» ikki vingeri transferlaridan 200 mln evro ishlab olmoqchi
13 AVGUST, 2026, 08:12
«Pari Sen-Jermen» Bredli Barkola va Ibraima Mbayeni sotish orqali katta mablag' ishlab olishga umid qilmoqda. Har ikki vinger ham yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar Parij klubini tark etishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, «PSJ» rahbariyati Barkola va Mbayening transferlaridan jami 200 mln evro atrofida mablag' olish mumkin, deb hisoblamoqda.
Transfermarkt portali 23 yoshli Barkolaning bozor qiymatini 90 mln evroga, 18 yoshli Mbayeni esa 30 mln evroga baholamoqda.
Har ikki frantsuz futbolchisiga Angliya Premer-ligasining yirik klublari qiziqish bildirmoqda. Bredli Barkola uchun kurashda «Liverpul» asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda. Biroq mersisaydliklar hozircha «PSJ»ning moliyaviy talablarini qondiruvchi taklif bilan chiqmagan.
