logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Slot "Liverpul" Leauni qanday to'xtatishini aytdi

 17 SENTYABR, 2024, 08:24

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Milan" hujumchisi Rafael Leau jiddiy xavf tug'dirayotganini tan oldi.

Seshanba kuni mersisaydliklar Chempionlar ligasi doirasida "rossonerilar" bilan mehmonda o'ynaydi. O'yin oldidan jurnalistlar “Liverpul” ustozidan Leauni zararsizlantirish uchun nima qilish kerakligini so'rashdi.

"Biz uning fazilatlarini o'rganib chiqdik va u haqiqatan ham o'z faoliyati bilan ajralib turadi. Biz Leauni to'xtatish uchun jamoa bo'lib himoyalanishimiz kerak. "Milan"da ko'plab yaxshi o'yinchilar bor, lekin u, mening fikrimcha, eng yaxshilaridan biri", dedi Arne Slot matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ