"Tottenxem"ning Postekoglu kelajagi borasidagi pozitsiyasi ma'lum
17 SENTYABR, 2024, 07:06
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu iste'foga chiqmoqchi emas. "Shporlar" mavsumni yomon boshladi: to'rt turdan keyin bor-yo'g'i to'rt ochko, Premer-liga turnir jadvalida 13-o'rin. Yaqinda "Arsenal" bilan bo'lib o'tgan derbida jamoa o'z maydonida mag'lub bo'ldi (0:1).
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Tottenxem" rahbariyati hozirda qiyinchiliklarga qaramay, Postekogluni iste'foga chiqarish haqida o'ylamayapti. Klub avstraliyalikka to'liq ishonishda davom etmoqda, u loyihaning asosiy figurasi bo'lib qolmoqda.
Ange Postekogluning shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. So'nggi mavsumda "Tottenxem" Premer-ligada beshinchi o'rinni egalladi.