Sanega APLdan ikkita taklif bor
14 SENTYABR, 2024, 12:00
«Bavariya» hujumchisi Leroy Sane kelasi yozda Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin, u avval bu chempionatda «Manchester Siti»da o'ynagan. "Give me Sport" ma'lumotlariga ko'ra, nemis futbolchisi Londonning «Arsenal» va «Nyukasl» klublari e'tiborini tortmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sanening «Bavariya» bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi, shuning uchun futbolchi yangi klubiga erkin agent sifatida borishi mumkin edi. Myunxenliklar hali Leroy bilan yangi shartnoma imzolashdan uzoqda.