Musialaga yangi shartnoma taklifi yuborildi
12 SENTYABR, 2024, 06:24
"Bavariya" Jamol Musialaga yangi foydali shartnoma taklif qildi.
Bayern & Germany insayder Fabritsio Romanoga tayanib yozganidek, tomonlar bu masala bo'yicha muzokaralarni boshlamoqda, biroq u tezda hal bo'lishi dargumon.
Nemislar yarim himoyachini klubda qoldirishi uchun unga belgilangan katta maosh, nafaqa va maxsus bonuslar ko'rinishidagi pul taklif qilishga tayyor. Klubning maqsadi 2025 yilning yoziga qadar, ya'ni futbolchining shartnomasi tugashiga bir yil qolganida vaziyatni hal qilish.
Qayd etilishicha, 21 yoshli futbolchiga top-klublar, jumladan, «Real» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda va agar u «Bavariya» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, ular bu borada kurashda ishtirok etishga tayyor.