Argentina JCh-2026'ning asosiy favoriti deb topildi
12 SENTYABR, 2024, 06:18
Argentina JCh-2026 g'olibligiga da'vogarlar ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi.
Goal nashri navbatdagi jahon chempionati favoritlarining dastlabki reytingini e'lon qildi. Turnirning amaldagi g'olibi Argentina 16 ta jamoadan iborat reytingda birinchi o'rinni egalladi (hozirda uchta mezbon mamlakat va 13 ta eng yuqori reytingli jamoa).
Eng kuchli 16 ta jamoa quyidagilar:
1. Argentina;
2. Ispaniya;
3. Angliya;
4. Germaniya;
5. Kolumbiya;
6. Niderlandiya;
7. Portugaliya;
8. Italiya;
9. Frantsiya;
10. Braziliya;
11. Urugvay;
12. Belgiya;
13. Xorvatiya;
14. Kanada;
15. Meksika;
16. AQSh.