logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Zidan boshchiligidagi Frantsiya terma jamoasining ilk o'yiniga mo'ljallangan barcha 80 ming chipta bir sutka ichida sotib bo'lindi

 3 AVGUST, 2026, 08:34

Zinedin Zidanning Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi chiptalarga nisbatan misli ko'rilmagan ajiotaj talabini keltirib chiqardi. RMC Sport xabariga ko'ra, afsonaviy mutaxassis rahbarligidagi milliy terma jamoaning dastlabki uy uchrashuviga mo'ljallangan barcha chiptalar bir sutkadan kamroq vaqt ichida to'liq sotib bo'lingan.

Sotuvlar 31 iyul kuni ochilgani, biroq keyingi kuniyoq chipta sotib olishning imkoni qolmagani ta'kidlanmoqda. Murabbiyning debyuti 2 oktyabr kuni Millatlar ligasi doirasida bo'lib o'tadi va unda Frantsiya terma jamoasi Italiya termasini qabul qiladi. Mamlakatning bosh arenasi «Stad de Frans» sig'imi taxminan 80 ming tomoshabinni tashkil etadi.

Frantsiya futbol federatsiyasi Zidan bilan to'rt yillik shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi. Frantsiyalik mutaxassis 2021 yildan beri ishsiz edi. Bundan oldin u «Real»ni ikki marta: 2016-2018 yillarda hamda 2019 yildan 2021 yilgacha boshqargan. Uning boshqaruvi davrida Madrid klubi 11 ta sovrinni, shu jumladan uch marta Chempionlar ligasi g'olibligi unvonini qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ