logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

«Real»ning Rodrini transfer qilishni nega shoshirmayotgani ma'lum bo'ldi

 2 AVGUST, 2026, 12:18

Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining transferi bo'yicha kutishga tayyor.

«Qaymoqranglilar» rahbariyati hali ham ushbu o'yinchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda va futbolchining o'zi ham madridliklar safiga o'tishni xohlayotganidan xabardor. Cope nashri xabariga ko'ra, «qirollik klubi» «shaharliklar» yulduzli ispaniyalik futbolchining o'rniga yangi yarim himoyachi topguncha kutmoqda. Bundan tashqari, jahon chempioni belidagi jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda, shu sababli voqealar rivojini shoshirishdan ma'no yo'q. «Real» vakillari sabr-toqatni saqlab qolishgan va mutlaqo xotirjam.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, bitim summasi taxminan 65 million evroni tashkil etishi mumkin. 30 yoshli futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yili yakuniga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ