logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

«Real» Gonsalo Garsiyani «Fulxem»ga sotdi

 30 IYUL, 2026, 16:36

Hujumchi Gonsalo Garsiya faoliyatini Angliyaning «Fulxem» klubida davom ettiradi. COPE xabariga ko'ra, Madridning «Real» klubi londonliklar bilan o'z tarbiyalanuvchisining transferi bo'yicha taxminan 70 million evro evaziga kelishuvga erishdi.

Shu bilan birga, «qaymoqranglilar» futbolchini keyinchalik qayta sotib olish bo'yicha ustuvor huquqni o'zlarida saqlab qolishgan.

O'tgan mavsumda 22 yoshli forvard «Real»ning asosiy jamoasi safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishdi. Ushbu gollarning 6 tasi La Liga uchrashuvlariga to'g'ri keladi.

«Fulxem»da Gonsalo Alvaro Arbeloa qo'l ostida to'p suradi. Avvalroq futbolchi «Real»ning yoshlar jamoalarida sobiq himoyachi bilan birga ishlagan edi. 2024/25 yilgi mavsumda hujumchi Ispaniya uchinchi divizionida 36 ta o'yinda 25 ta gol urgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ