logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Rodri Madridga etib keldi

 27 IYUL, 2026, 22:54

«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes Madridga etib keldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Avvalroq e'lon qilinganidek, futbolchining belida operatsiya o'tkaziladi. U 27 iyulga rejalashtirilgan bo'lib, shifoxonada yotishni talab qilmaydi va Rodrining mavsumoldi tayyorgarlikni boshlashiga xalaqit bermasligi kerak.

Rodri «Manchester Siti»ning Osiyodagi mavsumoldi turnesini o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Jahon chempionatidan so'ng qo'shimcha dam olish kunlarini olgan Erling Xoland, Rayan Sherki va yangi xarid Elliot Anderson ham jamoa bilan birga yo'lga chiqmasligi mumkin.

Avvalroq Rodri Madridning «Real» klubi qiziqishlar doirasiga tushgan edi, biroq «Manchester Siti» futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda. Amaldagi kelishuv 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ