«Real» hujumchisi Mourinoni hayratda qoldirdi
17 IYUL, 2026, 19:54
Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya o'z jismoniy holati bilan jamoadoshlari va murabbiylar shtabini lol qoldirdi.
Diario AS xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi mavsumoldi tayyorgarlikni ajoyib holatda boshlagan va mashg'ulotlarda barchani hayratga solgan. Ispaniyalik hujumchi klubda qolib, yangi bosh murabbiy Joze Mourinoga o'z salohiyatini isbotlamoqchi.
O'tgan mavsumda Gonsalo Garsiya asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushgan – odatda u Kilian Mbappening o'rinbosari sifatida harakat qilgan. Mish-mishlarga ko'ra, iyun oyida «qirollik klubi»ni boshqargan Mourino Garsiyaning sotilishiga allaqachon to'sqinlik qilgan, chunki u futbolchi oldindagi mavsumda jamoaga kerak bo'lishiga ishonadi.
