logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Mourino «Real» rejasini o'zgartirdi

 25 IYUN, 2026, 04:12

Hujumchi Franko Mastantuono katta ehtimol bilan keyingi mavsumni ham «Real» safida o'tkazadigan bo'ldi.

Taniqli jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino argentinalik futbolchi iqtidorining muxlisi hisoblanadi. Aslida Madrid klubi shu yozda forvardni tajriba to'plashi uchun boshqa jamoaga ijaraga berishni rejalashtirgan edi, biroq endilikda buning ehtimoli juda past. Sababi Mourino «Real» rahbariyatidan Mastantuononi jamoada olib qolishni qat'iy talab qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Franko Mastantuono 2025 yili 45 million evro evaziga Argentinaning «River Pleyt» klubidan «Real»ga ko'chib o'tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Argentinalik yosh iqtidor yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «qirollik klubi» safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ