logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

«Atletiko» Alvaresni ikkita grand klubga sotishdan bosh tortmoqda

 25 IYUN, 2026, 03:54

Hujumchi Xulian Alvaresning kelajagi transfer olamidagi eng asosiy mavzulardan biri bo'lib turibdi. Argentinalik futbolchi Madridning «Atletiko» klubidan «Barselona»ga o'tishni istayotgani kundek ravshan — yaqindagina Xulian o'z orzusini amalga oshirish uchun klubni o'zgartirish niyatida ekanini ochiqchasiga tan oldi. «Matraschilar» esa o'zlarining asosiy yulduzlaridan biri bilan xayrlashishni, ayniqsa, La Ligadagi bosh raqobatchilarini kuchaytirishni aslo xohlashmayapti.

The Touchline nashrining COPE radiosiga tayanib xabar berishicha, «Atletiko» Alvaresni «Barselona» yoki «Real Madrid» klublariga sotishni xayoliga ham keltirmayapti.

Avvalroq matbuotda Madrid klubi 26 yoshli Alvaresni Londonning «Arsenal» jamoasiga sotishni afzal ko'rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, «Atletiko» rahbariyati «Barselona» uchun yagona shartni ma'lum qilgan: kataloniyaliklar Alvaresni faqat shartnomada ko'rsatilgan 500 million evrolik tovon pulini to'liq to'lagan taqdirdagina sotib olishlari mumkin. Tabiiki, moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan «ko'k-anorranglilar» futbolchi uchun buncha mablag' ajrata olishmaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ