logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

«Real» Maykl Olise transferi bo'yicha rasmiy bayonot berdi

 20 IYUN, 2026, 21:30

Madridning «Real» klubi «Bavariya» vingeri Maykl Olisening ehtimoliy transferi haqida rasmiy bayonot bilan chiqdi.

«Turli OAVlarda klubimiz “Bavariya” futbolchisi Maykl Olisega qiziqish bildirayotgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat sifatida “Real Madrid” shuni ma'lum qiladiki, mazkur futbolchi, uning vakillari yoki atrofidagi biror shaxs bilan hech qanday to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita aloqa o'rnatilmagan.

Shuningdek, “Real Madrid” o'zini “Bavariya” bilan uzoq yillik o'zaro hurmat, hamkorlik va havasga asoslangan ajoyib institutsional munosabatlar bog'lab turishini ta'kidlaydi hamda haqiqatga to'g'ri kelmaydigan taxminlar tarqatilayotganidan afsuslanadi.

Ikki klub o'rtasidagi munosabatlar doimo ishonch va o'zaro hurmat tamoyillariga asoslangan bo'lib kelgan. Bu, jumladan, boshqa klubga tegishli futbolchiga qiziqish bildirilgan taqdirda, masala avvalo klublar o'rtasida hal qilinishi lozimligi haqidagi umumiy qarashda ham namoyon bo'ladi. Bu tamoyillar tarixan “Bavariya” va “Real” o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solib kelgan», — deyiladi madridliklar bayonotida.

Avvalroq xorijiy nashrlar «Real» jahon chempionatidan keyin Maykl Oilise transferi bo'yicha «Bavariya»ga rasmiy taklif yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ