AQSh Avstraliyani mag'lub etib, JCh-2026 pley-off bosqichiga muddatidan oldin yo'l oldi (Videosharh)
20 IYUN, 2026, 03:00
AQSh terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Avstraliya terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv Sietldagi (AQSh) «Lyumen Fild» stadionida bo'lib o'tdi.
O'yinning 11-daqiqasida Kemeron Byorjessning avtogoli evaziga amerikaliklar hisobni ochishdi. 44-daqiqada esa Aleksandr Friman o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, AQSh Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket ikkita o'yinda raqiblari o'z darvozasini ishg'ol qilgan (avtogol muallifi bo'lgan) ilk jamoaga aylandi.
AQSh terma jamoasi 6 ochko bilan «D» guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu muvaffaqiyat tufayli amerikaliklar JCh-2026 pley-off bosqichi yo'llanmasini naqd qilishdi. Avstraliya esa 3 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Guruh bosqichining so'nggi turida, 26 iyun kuni AQSh terma jamoasi Turkiyaga qarshi maydonga tushsa, avstraliyaliklar Paragvay bilan kuch sinashadi.
Manba: stadion.uz
