logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tezkor xabar: «Real» Mark Kukurelya transferini hal qildi

 14 IYUN, 2026, 22:24

«Chelsi» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Madridning «Real» klubi a'zosiga aylanadi. Kutilayotgan transfer haqida insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

«Barcha tomonlar, jumladan futbolchining o'zi bilan ham og'zaki kelishuvga erishildi. U Mourinyu o'z jamoasida ko'rishni istagan o'sha chap qanot himoyachisidir. Kelishuv tafsilotlari sal keyinroq ochiqlanadi», — deya tushuntirish bergan Fabritsio.

Kukurelya yangi klubi ixtiyoriga Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng kelib qo'shiladi. Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, tarkibida Kukurelya to'p surgan «Chelsi» hatto evrokuboklarga ham yo'llanma ololmagan edi. Joze Mourinyu esa Florentino Peres «qirollik klubi» prezidenti etib qayta saylanganidan so'ng, shu hafta ichida «Real» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ