logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiol «Real» va «Manchester Siti» o'rtasida tanlov qildi

 14 IYUN, 2026, 19:36

Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiolni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Sportske Novosti nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi Madrid klubi tomonidan bo'layotgan qiziqishlarga qaramay, «shaharliklar» bilan shartnomasini uzaytirish arafasida turibdi. Himoyachi klub bilan 2032 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi bitimga imzo chekishi kutilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Yoshko Gvardiol «Manchester Siti» safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ