logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» tarkibida besh nafar frantsiyalik futbolchi bo'ladi

 8 IYUN, 2026, 23:12

Florentino Peres «Real» prezidentligi uchun o'tkazilgan saylovlarda g'alaba qozondi. Endi Madrid klubi transfer bozorida tarkibni kuchaytirish ustida ish olib boradi.

Peres jamoa safiga Ibraima Konate kelib qo'shilishi haqida gapirgan edi — xabarlarga ko'ra, u allaqachon shartnoma imzolagan va Jahon chempionatidan so'ng «qaymoqranglilar» ixtiyoriga etib keladi.

Shu tariqa, «Real»da frantsiyalik futbolchilar soni besh nafarga etadi. Ayni paytda «qaymoqranglilar» sharafini Kilian Mbappe, Orelen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Ferlan Mendi himoya qilmoqda. Ibraima Konate ham ushbu ro'yxatni to'ldirishi aniq.

«Real» 2025/2026 yilgi mavsumni sovrinlarsiz yakunladi. Ispaniya chempionatida jamoa ikkinchi o'rinni egalladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ