«Real» yarim himoyachisi Angliya klubiga o'tishi mumkin
8 IYUN, 2026, 16:12
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Tyago Pitarch Ispaniya chempionatini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda «Fichajes» jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli ispaniyalik yarim himoyachini sotib olishga «Brentford» klubi qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi rahbariyati futbolchining transferi uchun 25 million evro ajratishga tayyor.
Pitarch va «qaymoqranglilar» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati keyingi yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. «Transfermarkt» portali futbolchining bahosini 20 million evroga baholagan.
La Liganing yakunlangan mavsumida Tyago 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
