logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» rahbari Peres Rodri borasida bir qarorga keldi

 5 IYUN, 2026, 23:48

«Real» prezidenti Florentino Peres «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri borasida yakuniy qarorni qabul qildi.

Mashhur jurnalist Matteo Morettoning so'zlariga ko'ra, Madrid klubi rahbari Rodrini tarkibga qo'shib olishni istamayapti.

«Menga ma'lum qilishlaricha, klublar — «Real» va «Manchester Siti» o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqot bo'lgan va «Siti» «Real»ning Rodrini sotib olmasligidan xabardor. Menga Florentino Peres Rodrini taklif qilishni xohlamayotganini aytishdi va ayni damda bu mavzu boshqa rivojlanmaydigandek ko'rinmoqda», — dedi Moretto «La Pizarra de Quintana» ko'rsatuvida.

22 iyun kuni Rodri 30 yoshga to'ladi. Nufuzli Transfermarkt portali 2024 yilgi «Oltin to'p» sohibini 50 million evroga baholamoqda. Rodrining «Manchester Siti» bilan shartnomasi yana bir mavsumga mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ