logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» «Barselona»ning transfer nishonini ilib ketmoqchi va allaqachon rasmiy so'rov yubordi

 4 IYUN, 2026, 17:42

«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya ikki yo'l orasida qoldi. La Liganing ikki grandi — «Real» va «Barselona» u bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Jurnalist Xorxe Pikonning ta'kidlashicha, dastlab Markga faqatgina «Barselona» qiziqayotgan edi. Biroq endilikda futbolchi uchun kechayotgan kurashga «Real» ham qo'shildi. Madridliklar himoyachining narxini bilish maqsadida «Chelsi» klubiga allaqachon rasmiy so'rov yuborishgan.

Qayd etilishicha, ayni damda chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish «Real» uchun birinchi darajali vazifa hisoblanmaydi. Ammo klub rahbariyati Alvaro Karreras, Ferlan Mendi yoki Fran Garsiyalarning hech biriga 100 foiz ishonch bildirmayapti. Shu sababli jamoa ushbu pozitsiya uchun potentsial yangi nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ