logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta «Real»ga o'tishi mumkin

 31 MAY, 2026, 09:12

Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme Mikel Artetani jamoaga olib kelishni niyat qilgan. Florentino Peresning saylovoldi kampaniyasidagi yagona raqibi bo'lgan ushbu shaxs, tezkor natija berishga tayyor bo'lgan nomdor murabbiy bilan allaqachon kelishib qo'yganini da'vo qilgan edi.

Okdiario nashrining xabar berishicha, 37 yoshli tadbirkor aynan Artetaga sha'ma qilgan. «Kanonirlar» ustozi bilan muzokaralar allaqachon o'tkazilgan va u rozilik javobini bergan. Agar ushbu ma'lumot haqiqat bo'lsa, tayinlov Rikelme 7 iyun kuni bo'lib o'tadigan saylovlarda g'alaba qozongan taqdirda amalga oshiriladi.

Shanba kuni Mikel Arteta qo'l ostidagi «Arsenal» Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga o'yindan keyingi penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ