logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real Madrid» bosh murabbiyligiga kutilmagan nomzod e'lon qilindi

 29 MAY, 2026, 16:18

«Real Madrid» klubida hokimiyat uchun kurash davom etmoqda. Agar prezidentlik saylovlarida Enrike Rikelme g'alaba qozonsa, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyligiga kutilmagan nomzod tayinlanishi mumkin. Gap «Arsenal»ning amaldagi ustozi Mikel Arteta haqida ketmoqda.

Jurnalist Migel Serranoning ijtimoiy tarmoqlarda ta'kidlashicha, Rikelme allaqachon Arteta bilan bog'langan. Funktsioner Mikeldan «Real»da ishlash bo'yicha og'zaki rozilik olganligi aytilmoqda. Aynan Arteta Rikelme tomonidan ishlab chiqilgan yangi loyiha doirasida «Real» murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.

Amaldagi prezident Florentino Peres esa Joze Mourino nomzodini qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. Agar saylovlarda Peres g'olib chiqsa, jamoani portugaliyalik mutaxassis boshqaradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ