logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Real" skautlari "Arsenal" futbolchisini kuzatmoqda

 4 IYUL, 2024, 13:06

Madridning "Real" klubi yana bir transferni amalga oshirmoqchi.

The Mirror nashri yozishicha, Frantsiya terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba "Qirollik klubi" e'tiboriga tushgan. "Los-Blankos" skautlari 23 yoshli futbolchining Germaniyada bo'lib o'tayotgan Evropa chempionatidagi o'yinlarini kuzatib borishmoqda.

Saliba terma jamoa bilan birgalikda chorak finalga yo'l oldi, ushbu bosqichda "uch ranglilar" Portugaliya bilan kuch sinashadi. O'tgan mavsumda himoyachi "kanonirlar" safida 50 ta o'yinda ishtirok etgan. Frantsiyalik futbolchining hisobida ikkita gol va bitta golli uzatma bor. Evro-2024 da Saliba to'rtta o'yin o'tkazdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ