"Manchester Yunayted" yozda bomba xaridlar qilmoqchi
25 MAY, 2023, 18:27
Sky Sports xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida katta xaridlar amalga oshirmoqchi.
Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" nomzodlar ro'yxatida "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn, "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt va "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays bor. Shu bilan birga Keyn mankunianliklar uchun birinchi raqamli maqsad bo'lib qolmoqda.
"Manchester Yunayted" 37 turdan so'ng 69 ochko bilan APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Biroq, Erik ten Xag jamoasida yana bir zaxira o'yini bor.