logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Vinisius "Real"dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

 22 MAY, 2023, 10:24

Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinda yana irqchi haqoratlarga uchragan Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius o'zining kelajagi haqida bir qarorga keldi.

ESPN nashri xabariga ko'ra, 22 yoshli braziliyalik irqchilikka qaramay, "qirollik klubi"ni tark etmoqchi emas. Futbolchining atrofidagilar unga chempionatni o'zgartirishni maslahat bergan, ammo Vinisius "Real"ni tark etishni istamayapti.

Vinisius "Real"da 2018 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Braziliyalik futbolchi va Madrid klubi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Hujumchi joriy mavsumda La Ligada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR