logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:42
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Yakuniy qaror aniq: Messi o'ziga yangi klub tanladi

 18 MART, 2023, 12:28

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi. Yozda 35 yoshli argentinalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi tugaydi va u boshqa jamoaga tekinga o'tishi mumkin.

Footmercato xabariga ko'ra, “Barselona” Messining faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant hisoblanadi. “Oltin to'p”ning etti karra g'olibi “ko'k-anorranglilar” prezidenti Joan Laportaning taklifini ko'rib chiqishga tayyor.

Shu bilan birga, Lionel bilan shartnoma imzolash uchun "Barselona" maosh fondini jiddiy qisqartirishi kerak.

Messi kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2005 yildan 2021 yilgacha asosiy jamoada o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR