logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Real" "Chelsi" sardorini transfer qiladi

 13 MART, 2023, 15:31

"Chelsi" yozgi transfer oynasida sotishga qaror qilgan ispaniyalik tajribali himoyachi Sesar Aspilikueta vataniga qaytishi mumkin. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.

O'ng qanot himoyachisiga "Real Madrid" qiziqish ko'rsatmoqda, klub bu pozitsiyani kuchaytirishni istamoqda. 33 yoshli futbolchining transferi "qaymoqranglilar"ga sakkiz million evroga tushishi mumkin. Ispaniyalik futbolchining "aristokratlar" bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. U 2012 yildan buyon "Chelsi"da o'ynamoqda.

Avvalroq, Aspilikueta "Barselona"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sesar joriy mavsum APLda 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR