logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:41
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Noyer xayrlashdi

 25 YANVAR, 2023, 00:44

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer bir kun avval Myunxen klubi darvozabonlar murabbiyi lavozimidan ozod etilgan Toni Tapalovichga murojaat qildi.

“Hurmatli Toni, “Bavariya”dagi davringiz nixoyasiga etdi. 11 yarim yildan so'ng klubni nafaqat zamonaviy darvozabonning kashshofi, balki, eng avvalo, aql bovar qilmaydigan inson ham tark etmoqda. Hamma biladi, sizsiz bizning muvaffaqiyatimiz bo'lmasdi. Va nihoyat, siz meni va o'yin uslubimni shakllantirgansiz. Siz meni boshqa darajaga olib chiqdingiz. Men sizni sog'inaman!" — deb yozdi Noyer ijtimoiy tarmoqlarida.

42 yoshli Tapalovich 2011 yildan buyon “Bavariya” darvozabonlari murabbiyi hisoblanar edi.

Matbuotda Tapalovichning "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan kelishmovchilik bo'lgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR