Mbappe ilk bor penta-trik qayd etdi. Bu "PSJ" tarixida ham birinchisi
24 YANVAR, 2023, 07:29
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe bir o'yinda gol urish bo'yicha klub rekordini o'rnatdi.
Hujumchi Frantsiya kubogi 1/16 finalida “Pay-de-Kassel”ga qarshi o'yinda (7:0) besh bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Har safar unga turli futbolchilar gol urishda yordam berishdi: Nunu Mendesh, Danilo Pereyra, Vitinya, Neymar va Karlos Soler.
Parijliklar tarixida hech bir futbolchi bir o'yinda beshta gol urishga muvaffaq bo'lmagan. Mbappening o'zi faoliyati davomida hech qachon bunchalik ko'p gol urmagan, maksimal 4 ta gol (ikki marta).