logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Dani Alvesning xotini jurnalistlarga murojaat qildi

 22 YANVAR, 2023, 15:42

Braziliyalik futbolchi Dani Alvesning xotini Joana Sans turmush o'rtog'i qamoqqa olinganidan so'ng ijtimoiy tarmoq orqali jurnalistlar va jamoatchilikka murojaat qildi.

«Uyimning atrofida "qorovullik" qilayotgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan shaxsiy hayotimni hurmat qilishlarini so'rayman. Bir hafta ilgari onam vafot etgandi. Uning yonimda yo'qligini anglab etishga ulgurmasimdan endi erim bilan bog'liq vaziyat meni tashvishga solyapti.

Hayotimdagi ikki asosiy tayanchni yo'qotdim. Kimningdir dardi ichidan yangilik qidirishdan ko'ra, ozgina hamdardlik bildirsangiz yaxshi bo'lardi, hurmatli jurnalistlar», — deya yozdi Sans.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR